Janubiy Koreyada jazoni o‘tash muassasalaridagi o‘zbekistonliklar holidan xabar olindi
O‘zbekiston elchixonasi xodimlari Janubi Koreyaning Chongvon shahrida joylashgan jazoni o‘tash muassasasida bo‘lib, bu yerda ushlab turilgan vatandoshlar holidan xabar olishdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Mazkur muassasa vakolatli xodimlari bilan suhbat jarayonida bu yerda saqlanayotgan vatandoshlarimiz muammolarini tezkorlik bilan hal etish maqsadida elchixona va ijro etish muassasasi o‘rtasida amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikr almashildi.
Markazda vatandoshlarni saqlash, ularning tibbiy va boshqa zarur yordamlarni olishi, shuningdek, yaqin qarindoshlari bilan telefon muloqotlarini tashkil etish shartlariga alohida e’tibor qaratildi.
Ulashish:
Sharhlar