JCh-2026 ga saralash o‘yinlari: О‘zbekiston Shimoliy Koreyani qisqa hisob bilan yutdi

Фото: АФУ

Futbol bo‘yicha О‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026-yilgi jahon chempionatiga saralash bosqichini g‘alaba bilan boshladi. Guruh bosqichining ilk uchrashuvida KXDR terma jamoasini 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvdagi yagona gol 20-daqiqada Jaloliddin Masharipov tomonidan kiritildi.

40-daqiqada darvozabon О‘tkir Yusupov penaltini ajoyib tarzda qaytardi va bu jamoaga minimal ustunlikni saqlab qolish imkonini berdi.

О‘yin natijasiga ko‘ra, О‘zbekiston uch ochko jamg‘arib, “A” guruhida peshqadam bo‘ldi. Keyingi turda milliy terma jamoamiz Qirg‘iziston bilan uchrashadi – safar uchrashuvi 10-sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.