Jeneva shahrida O‘zbekiston kuni o‘tkazildi

Фото: ЎзА

Jenevada bo‘lib o‘tgan Parlamentlararo ittifoq (PI)ning 149-Assambleyasi doirasida maftunkor yurtimiz va amalga oshirilayotgan islohotlar namoyishiga bag‘ishlangan O’zbekiston kuni tashkil etildi, deb yozadi O’zA.

Unda turli mamlakatlar delegatsiyalari, parlament a’zolari, xalqaro tashkilotlar va diplomatik korpus vakillari ishtirok etdi.

Tadbir ishtirokchilariga boy tarixga ega yurtimiz, qadriyatlarimiz va madaniy merosimiz aks etgan videorolik namoyish etildi.

Mazkur rolik ularda o‘zgacha taassurot qoldirdi. O’zbekistonning turistik salohiyatini aks ettiruvchi ekspozitsiya esa xorijlik hamkorlarimizning mamlakatimiz haqidagi tasavvurini yanada boyitdi.

Shuningdek, kelgusi yilning aprel oyida rejalashtirilgan PIning 150-yubiley Assambleyasi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda munosib mehnat tizimini takomillashtirishda parlamentning ta’sirchan kuchi va vakolatlaridan samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.