Tanzila Narbayeva Jenevada Parlamentlararo ittifoq Raisi bilan uchrashdi
Avvalxa bar berilganidek, O‘zbekiston parlament delegatsiyasi Jeneva shahrida o‘tayotgan Parlamentlararo ittifoqning 149-assambleyasida ishtirok etmoqda.
Tashrif doirasida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoq Raisi Tuliya Ekson xonim bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Unda parlamentlararo ittifoq bilan hamkorlikda olib borayotgan ishlar samaradorligi va istiqboldagi rejalarga eʼtibor qaratildi.
Suhbat davomida so‘nggi yillarda mamlakatimizdagi iqtisodiy rivojlanish, ijtimoiy himoya tizimining takomillashgani hamda inson huquqlari ustuvorligini taʼminlash borasidagi islohotlar T.Ekson xonim tomonidan alohida eʼtirof etildi.
Shu bilan birga, Barqaror rivojlanish maqsadlari yo‘nalishidagi faoliyat va bu borada O‘zbekiston parlamenti tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar qayd etib o‘tildi.
Bundan tashqari, Markaziy Osiyo tarixida ilk marotaba O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan Parlamentlararo ittifoqning 150-assambleyasi dasturi, tadbirga doir rejalar va yangi loyihalar ham muhokama qilindi.
Sharhlar