“Jiguli” haydovchisi YTH oqibatida halok bo’ldi

Foto: uznews

Joriy yilning 4-oktyabr kuni soat 23:20 atrofida Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani “Iskandari” MFY hududidan o‘tuvchi 4R46 avtomobil yo‘lida YTH sodir bo‘lgan. Ushbu yo‘l-transport hodisasi Zil yuk avtomashinasi va Jiguli transport vositalari o‘rtasida yuz bergan.

Aniqlanishicha, Zil avtomobili qayrilish mumkin bo‘lmagan joydan qayrilib, to‘g‘ridan kelayotgan “Jiguli” avtomobilini o‘tkazib yubormagan. Oqibatda Jiguli haydovchisi olgan tan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etgan. Hozirda Pastdarg‘om tumani Tergov bo‘linmasi tomonidan tergov ishlari olib borilmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.