Toshkent Agrar universitetida yuz bergan yong‘in yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
30-sentabr kuni soat 20:10 da Toshkent viloyati, Qibray tumanida joylashgan Toshkent Davlat agrar Universiteti hududidagi binoda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 20:17 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 21:36 da qurshab olingan va soat 22:10 da batamom o‘chirilgan
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmadi.
Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lum qilishicha, Jinoyat kodeksi 259-moddasi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarining buzilishi) 2-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ayni paytda hodisa sabablarini aniqlash uchun surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Sharhlar