Jinoyat-protsessual kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
Mazkur qonun loyihasida Jinoyat-protsessual kodeksida xorijiy hamkorlikning quyidagi tartibi belgilanmoqda:
- xorijiy davlat sudining qarorini tan olish va ijroga qaratish haqida Bosh prokuror yoki uning o‘rinbosari tomonidan Oliy sudga iltimosnoma kiritilishi;
- iltimosnoma ozodlikdan mahrum etilgan yoki tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llanilgan shaxsning doimiy yashash joyi bo‘yicha, doimiy yashash joyi bo‘lmaganda esa, O‘zbekiston hududida oxirgi ro‘yxatga olingan joyi bo‘yicha jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudi tomonidan ko‘rib chiqilishi;
- mahkum va tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llangan shaxsni berish va qabul qilishga ularning, qonuniy vakili yoki yaqin qarindoshining arizasiga, shuningdek, Bosh prokuratura yoki xorijiy davlat vakolatli organining iltimosnomasiga binoan berilayotgan shaxs yoxud uning qonuniy vakilining roziligi bilan yo‘l qo‘yilishi;
- mahkum va tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llangan shaxsni berish Bosh prokuror yoki uning o‘rinbosarining qarori, ularni qabul qilish esa, sudning ajrimiga asosan amalga oshirilishi.
Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.
Ulashish:
Sharhlar