Jinoyatlarni bashorat qiluvchi neyron tarmoqni ishlab chiqdi
Koreya tadqiqotchilari jinoyatlarni bashorat qiluvchi neyron tarmoqni ishlab chiqdi. Bu haqida O’zbekiston Respublikasi IIV TQD Kiberxavfsizlik markazi xabar bermoqda.
“Dejaview” deb nomlangan ushbu texnologiya kuzatuv kameralaridan olinayotgan ma’lumotlarni sun’iy intellekt yordamida tahlil qilib 82.8 % aniqlikda jinoyatlarni bashorat qiladi.
Sinov tariqasida neyron tarmoq Soucho-gu (Seul) tumani real vaqtdagi jinoyatlar tahliliy xaritasini ishlab chiqdi. Buning uchun unga 2018-yildan buyon kuzatuv kameralaridan olingan 32 mingdan ortiq ma’lumotlar kerak bo‘ldi.
Ulashish:
Sharhlar