Jizzax viloyatiga yangi prokuror tayinlandi

Фото: Bosh prokuratura

Bosh prokurorning buyrug‘iga asosan adliya katta maslahatchisi Baxtiyor Toyirjonovich Ibroximov Jizzax viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi.

Baxtiyor Ibroximov tayinlovga qadar Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlagan.

U ushbu lavozimda Islomjon Ergashxo‘jayev o‘rnini egalladi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.