Jizzax viloyatida sodir bo‘lgan yirik yong‘inda 5 gektar yer maydoni yondi

Фото: msmdjizzakhekology

15-iyul kuni Jizzax viloyatida 5 gektar maydonni qamrab olgan yirik yong‘in sodir bo‘ldi, deya xabar beradi viloyat ekologiya boshqarmasining matbuot xizmati.

Yong‘in soat 11:30 da G’allaorol tumanida Jizzax-G‘allaoral avtomobil yo‘li bo‘yida sodir bo‘lgan. Yong‘in haqidagi ma’lumotlar tezda ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Yong‘inni o‘chirishga Favqulodda vaziyatlar vazirligining Jizzax viloyati boshqarmasi, viloyat ichki ishlar boshqarmasi, viloyat ekologiya boshqarmasi, shuningdek, Favqulodda vaziyatlar vazirligining tuman bo‘limlari hamda Ekologiya inspektsiyasi xodimlari jalb qilingan.

Soat 14:30 da yong‘in to‘liq o‘chirilgan. Oqibatda 5 gektarga yaqin yer yonib ketgan. Ayni paytda tegishli tashkilotlar xodimlari yong‘in sabablarini aniqlab, yetkazilgan zararni baholamoqda.

Avvalroq Buxoroda hali o‘chirilmagan yirik yong‘in haqida xabar bergan edik. Hozircha qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.