Jizzaxda Damas haydovchisi 14 nafar yo‘lovchini tashigani aniqlandi
Jizzax viloyatida haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan Damas haydovchisi 14 nafar yo‘lovchini (avtomobil 7 yo‘lovchiga mo‘ljallangan) olib ketayotgani aniqlangan. Bu haqda IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati matbuot xizmati xabar berdi.
“YHXB xodimlari tomonidan haydovchiga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzilib, avtomashina jarima maydonchasiga qo‘yilgan”, – deyiladi xabarda.
Bu kabi qoidabuzarliklar O‘zbekistonda keng tarqalgan. Ko‘pincha bolalar bog‘chasi tarbiyalanuvchilari hududlarda Damas’da tashiladi. Ilgari 20 dan ortiq bolani bunday transport vositasida tashishning bir necha holatlari qayd etilgan edi.
Ulashish:
Sharhlar