Jizzaxda erkak bexosdan o’z tanishini bosib ketdi. Jabrlanuvchi halok bo’ldi
Jizzax viloyatida o‘z tanishini qasddan o‘ldirgan taksi haydovchisiga hukm chiqarildi, deb xabar berdi viloyat IIB matbuot xizmati.
Voqea 7-yanvar kuni Zomin tumanidagi Peshag‘or mahallasida sodir bo‘lgan. Nexia haydovchisi bir qishloqda yashaydigan 2 ta shaxs bilan spirtli ichimliklar sotib olib, mahalliy dalaga ketishgan.
Haydovchi moshina ichikarisida ijtimoiy tarmoqda o’tirganida unga boshqa tanishi telefon qilib jahlini chiqargan va u jahl bilan avtomoshinanasini orqaga haydagan va bexosdan mashina orqasida yotgan yo‘lovchilardan birining boshini jarohatlagan. Haydovchi qo‘rqib ketgan va ikkinchi yo‘lovchini jarohatlangan kishi hushiga kelgach, o‘zi uyiga ketishiga ishontirib, jabrlanuvchini voqae joyida tashlab ketishga qaror qilgan.
Keyinroq haydovchi guvohni jabrlanuvchi avtobus bekatida qolib ketganini aytishga ishontirgan.
Zomin tuman sudi haydovchini Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan aybdor deb topdi. U uch yilu bir oy muddatga ozodlikdan shuningdek, uch yil muddatga transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilindi.
Sharhlar