Jizzaxda erkak va ayol farzandini 3mln. ga sotmoqchi bo’ldi

Foto: uznews

Jizzaxda erkak va ayol 3 yoshli farzandini sotmoqchi bo‘lgan paytda ushlandi. Bu haqida “Millar” dasturi xabar berdi.

Aniqlanishicha, fuqaro o‘zining shar’iy nikohidagi turmush o‘rtog‘i bilan jinoiy til biriktirib voyaga yetmagan 2021-yilda tug‘ilgan farzandini 3 million so‘m evaziga sotayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudida sudlanuvchi er-xotinga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Unga ko‘ra, sudlanuvchi erkak JKning 135-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan 8 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Sudlanuvchi ayolga esa JKning 135-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan JKning 57-moddasi qo‘llanilib 6 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.