Jizzaxda firibgar fuqaroni AQSHga ishga jo’natish o’rniga Afrikaga ishga jo’natdi
Jizzax shahrining “Xayrobod” mahallasida yashovchi I.M. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, o‘g‘li M.T.ni Sharof Rashidov tumanining “Xayrobod” mahallasida istiqomat qiluvchi A.Ya. Amerikaga ishlashga yuborishini aytib, 14 ming 300 AQSH dollari olgani, lekin farzandini Janubiy Afrikaga jo‘natganligini bildirgan.
Shuningdek, arizachi o‘g‘li M.T. Afrikada chorasiz qolib ketganligi, o‘z navbatida A.Ya. undan vaziyatni o‘nglash uchun yana 6 ming 700 AQSH dollari talab qilayotganligini bayon etgan.
Mazkur murojaat asosida tezkor tadbir o‘tkazilib, 6 ming 700 AQSH dollarini olgan A.Ya. ushlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ulashish:
Sharhlar