Jizzaxda fuqaro 780 mln so‘mlik elektr uskunalarini noqonuniy ulagani aniqlandi
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida noqonuniy elektr tarmoqlariga ulanish holati aniqlandi, deb xabar bermoqda “О‘zenergoinspektsiya”.
Reyd chog‘ida mutaxassislar fuqaro T.Sh.ning o‘z uyiga hisoblagichlardan foydalanmasdan elektr uskunalarini o‘rnatganini aniqlashdi.
Noqonuniy elektr energiyasi iste’molidan yetkazilgan zarar 780,5 mln so‘mni tashkil etadi.
Ushbu holat yuzasidan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga tegishli choralar ko‘rish uchun yuborilgan.
Ulashish:
Sharhlar