Jizzaxda mast haydovchi YPX xodimiga pora berishga urindi
Jizzax viloyatida mast haydovchi YPX xodimiga pora taklif qilgani uchun unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, deb xabar bermoqda Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi.
Inspektor yigitning hujjatlarini tekshirish uchun to‘xtatib, uning mast holatda ekanligini aniqlaydi. Huquqbuzarning mashinasi “parkovka”ga yuborilgan.
Avtomashinani qaytarib olmoqchi bo‘lgan haydovchi bu kabi xatti-harakatlarning noqonuniyligi to‘g‘risida ogohlantirishga qaramay, inspektorga 3 million so‘m pora taklif qiladi. Endi u qonun oldida javob berishi kerak, – deyilgan xabarda.
Ulashish:
Sharhlar