Jizzaxda o‘quvchilar tengdoshini shaxsiy nizo sababli urgani aniqlandi
Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax shahridagi 1-maktabning 7-sinf o‘quvchisi kaltaklangani haqida ma’lumot tarqaldi. Rossiya matbuotida bu maktabda o‘zbek tilini bilmaydigan o‘quvchilar muntazam ravishda kaltaklanayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan.
Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi (MMTB) mutaxassislari vaziyatni o‘rganib chiqib, janjal sababi tilga aloqador bo‘lmagan shaxsiy nizo ekanini aniqladi.
О‘qituvchilar va huquq-tartibot idoralari tomonidan mojaro ishtirokchilari bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq О‘zbekiston Bolalar ombudsmani Jizzaxda rusiyzabon maktab o‘quvchilari “kaltaklangani” haqidagi “RosSMI”ning xabariga izoh bergandi.
Ulashish:
Sharhlar