Jizzaxda ota-ona uch yoshli o‘g‘lini sotmoqchi bo‘ldi
2021-yilda tug‘ilgan o‘g‘lini 3 million so‘mga sotmoqchi bo‘lgan fuqarolar qo‘lga olindi. Bu haqda Millar dasturida xabar berildi.
Tergov jarayonida qo‘lga olinganlarning rasmiy nikohda bo‘lmagani aniqlangan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudida ish ko‘rib chiqilib, sud hukmi o‘qildi. Erkak O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan aybdor deb topilib, 8 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bolaning onasi ham O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo‘llagan holda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi bilan aybdor deb topilib, 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Ulashish:
Sharhlar