Bugun Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrif buyuradi

Фото: пресс-служба президента

Bugun, 8-aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrif buyuradi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Davlat rahbari sanoatning yuqori texnologik tarmoqlari, qishloq xo‘jaligi va boshqa yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan loyihalar, mahallalarda aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishadi. Yangi korxonalar qurilishiga start berish, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalarini muhokama qilish ham rejalashtirilgan.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.