Jizzaxlik firibgar “Toshkentda xonadonni ijaraga berishini” aytib fuqaroning 3 million pulini o’g’irladi

Foto: tgstat

Andijon viloyatida yashovchi 31 yoshli N.A. ariza bilan murojaat qilib, 3 mln. so‘m pullari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni, Jizzax viloyatida yashovchi G.G. sodir etganligi aniqlandi.

Gumonlanuvchi G.G. o‘z ismini “Ruslan” deb nomlab, “Olx” platformasida Toshkent shahrida xonadonlarni ijaraga berish yuzasidan yolg‘on e’lonlarni joylashtirgan va bu e’longa ishongan jabrlanuvchi N.A. bilan telefon orqali gaplashib, uni aldab, oldindan 3 mln. so‘m miqdoridagi pullarni o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank kartasiga o‘tkazib olgan va yozishmalarni o‘chirib yuborib, uning qo‘ng‘iroqlariga javob bermay, qora ro‘yxatga kirgazib qo‘ygan.

Mazkur holat yuzasidan G.G.ga nisbatan  Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “g” bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.