Maktablardagi “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida “Eng faol ota” va “Jonkuyar ona”lar taqdirlanadi

Foto: O‘zA

Umumtaʼlim maktablaridagi “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarida oʻquvchilarning ota-onalariga “Eng faol ota”, “Jonkuyar ona”, “Masʼuliyatli ota-ona”, “Aʼlochi oʻquvchi otasi”, “Bilimli qiz onasi” nominatsiyalari boʻyicha tashakkurnomalar beriladi, deb xabar bermoqda O‘zA.

Bunday nominatsiyalar bo‘yicha maktab hayotida faol ishtirok etayotgan, odob-axloqi, intiluvchanligi bilan tengdoshlariga oʻrnak boʻlayotgan oʻquvchilarning ota-onalari taqdirlanadi. Shuningdek, yil davomida namunali xulq va aʼlo baholarga oʻqib, eng yuqori reyting koʻrsatkichlariga erishgan iqtidorli bitiruvchilar ragʻbatlantiriladi.

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari 25-may kuni soat 8:00 dan 9:00 ga qadar tashkil etiladi. Maktab oʻquvchilari sonidan kelib chiqqan holda faqatgina 1-, 4-, 9-, 11-sinf oʻquvchilari jalb etiladi;

Mahalla faollari, ota-onalar va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari bilan hamkorlikda yongʻin va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilingan holda tashkil etiladi. Faxriy oʻqituvchilar, ota-onalar, mahalla faollari, oʻrnak boʻladigan maktabning sobiq bitiruvchilari taklif etiladi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.