Joriy kuz mavsumida 7 500 tup ko‘chat ekish rejalashtirilgan
AOKAda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi axborot xizmati rahbari Jamshid Shermetov ishtirokida o‘tkazilgan brifingda qurilish materiallari sohasida ekologik nazorat yuzasidan ma’lumot berildi.
Respublikada faoliyat yuritayotgan xavflilik darajasi 1-toifaga mansub ishlab chiqarish korxonalari tomonidan avtomatik stansiyalar va statsionar kuzatuv punktlarini o‘rnatish muntazam monitoring qilib borilmoqda.
Shuningdek, sement korxonalarining atrof muhitga tashlamalari va ekologiyaga ta’sirini kamaytirish bo‘yicha doimiy o‘rganishlar o‘tkazilmoqda.
Sement zavodlaridan atmosfera havosiga tashlanayotgan changlarni kamaytirish va sanitariya me’yorida bo‘lishini ta’minlashda yengichali filtr, elektrofiltr va boshqa turdagi texnologik chang-gaz tozalash uskunalari qo‘llaniladi. Bu qurilmalar changning umumiy miqdorini 75% dan 99% gacha tozalash samaradorligiga ega.
Hozirgi kunda jami 11 ta avtomatik monitoring stansiyalari o‘rnatilgan, shuningdek, Toshkent viloyatida joylashgan “Ohangaronsement” AJda “Statsionar kuzatuv punkti” tashkil etilgan.
Shu bilan birga sanoat korxonalarida “Yashil belbog‘lar” barpo etish dasturi doirasida 2024-yil bahor mavsumida 15 ta yirik korxonalari atroflariga 67.22 gektar yer maydoniga jami 115 090 tup ko‘chatlar ekildi.
Sharhlar