Joriy yil boshidan bugungi kunga qadar Respublika bo‘yicha gaz bilan bog‘liq jami 74 ta holat sodir bo‘ldi

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda  “Hududgazta’minot” AJ boshqarma boshlig‘i Abdusattor Qayumov ma’lum qildi.

Gaz turmushda foydalanishda qulay yoqilg‘i bo‘lishi bilan bir qatorda Qoidalarga rioya qilinmasa juda xavfli modda hisoblanadi. Shuning uchun, xavfsizlikni ta’minlash maqsadida, “Tabiiy gazdan foydalanish qoidalari”, “Gazdan foydalanishda xavfsizlik qoidalari” joriy etilgan.

Mazkur yo‘nalishda joylardagi mahalla fuqarolari yig‘inlari raislari bilan xamkorlikda ishlar tashkil etilgan.

Lekin, afsuski ayrim fuqarolarning Qoidalarni bilmasliklari, unutib qo‘yishlari, mensimasliklari yoki e’tiborsizliklari baxtsiz hodisalarni keltirib chiqarmoqda.

Joriy yil boshidan bugungi kunga qadar Respublika bo‘yicha gaz bilan bog‘liq jami 74 ta (2023 yil 86 ta) holatlar sodir bo‘ldi. Mazkur holatlar oqibatida 82 nafar (88 ta) fuqarolar vafot etdi va 80 nafar (119 ta) fuqarolar turli darajadagi tan jarohatlarini oldi. Ayrim holatlarda esa dudburon nosozligi oqibatida oilaning barcha a’zolari is gazidan zaxarlanib, vafot etishdi.

Hurmatli Iste’molchilar, gaz bilan bog‘liq buyurtmalar, avariyalar va murojaatlar bilan har bir tuman/shahar gaz ta’minoti bo‘limlaridagi 104 avariya xizmatlari yoki 1104 “Call markaz” qisqa raqamli telefonlari hamda “Xavfsiz gaz” telegramm guruhlari orqali murojaat etishingiz mumkin.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.