Joriy yilda 117 ta bojxona postlari 35 turdagi texniklar bilan jihozlanadi

Foto: Ochiq manba

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Husan Tangriyev ma’lum qildi.

Uning so’zlariga ko’ra, joriy yilda 117 ta bojxona postlari qo‘shimcha ravishda 35 turdagi 18 ming 300 dan ziyod nazorat-texnik vositalari bilan jihozlandi.

So‘nggi uch yilda bojxona organlari faoliyatiga 23 ta yangi axborot tizimi, 13 ta yangi elektron xizmat, 9 ta mobil ilova joriy etilgan. 8 ta davlatning bojxona xizmatlari bilan, shuningdek 30dan ziyod vazirlik va idoralar, 39 ta aviakompaniyalar bilan o‘zaro axborot almashinuvi yo‘lga qo‘yilgan. Mavjud axborot tizimlariga 250 dan ziyod yangi modullar, o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan. Dasturiy ta’minotlarning uzluksiz ishlashi uchun 87 ta qurilmalar faoliyati ta’minlangan.

Sohani raqamlashtirish hisobiga:

  • eksport tovarlarining 92 foizi va import tovarlarining 74 foizi soddalashtirilgan tartibda rasmiylashtirilgan;
  • bunda, deklaratsiyalarni inson omilisiz rasmiylashtirish hajmi 16 foizga yetkazilib, bu ko‘rsatkich eksport tovarlariga oid deklaratsiyalar bo‘yicha 42 foizni tashkil qilgan.
  • xavf darajasi past bo‘lgan 145 mingdan ortiq eksport bojxona deklaratsiyalari rasmiylashtiruvi inson omilisiz o‘rtacha 3-5 daqiqada amalga oshirilgan;

Joriy yilning o‘tgan davrida:

  • huquqbuzarlik holatlarini bo‘yicha qayd etish bo‘yicha “Bojxona qonunbuzarliklari” avtomatlashtirilgan axborot tizimining yangi talqini ishlab chiqilgan;
  • Eksport 3 qadam axborot tizimi ishlab chiqilib, eksport bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirishning 9 bosqichli tartibi 3 barobarga qisqargan.
  • Natijada tadbirkorlarning yuk deklaratsiyasini to‘ldirish vaqti 30 daqiqadan 5 daqiqaga qisqarib, rasmiylashtirish uchun yillik 80 mlrd so‘m xarajatlari tejalmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.