Joriy yilda 1850 ta holatda somon poyalari va ularning qoldiqlari yonib ketgan
Shu yilning 11-iyul kuniga qadar respublikadagi jami 26 741 gektarlik boshoqli don ekinlaridan bo‘shagan yer maydonlarida, somon poyalari va ularning qoldiqlari yonishi bilan bog‘liq 1850 ta holat aniqlandi, deb xabar bermoqda “O‘zbekkosmos” agentligi.
Bu hududlar kesimida quyidagicha taqsimlanmoqda:
- Toshkent viloyatida – 13 623 gektar (637 ta holat bo‘yicha);
- Surxondaryo viloyatida – 4 855 gektar (547 ta holat bo‘yicha);
- Samarqand viloyatida – 2 125 gektar (243 ta holat bo‘yicha);
- Namangan viloyatida – 2 279 gektar (124 ta holat bo‘yicha);
- Jizzax viloyati –931 gektar (54 ta holat bo‘yicha);
- Farg‘ona viloyatida – 65 gektar (11 ta holat bo‘yicha);
- Andijon viloyatida – 2 861 gektar (234 ta holat bo‘yicha).
Tahlillar ko’ra, 1 gektar yer maydonida boshoqli don poyasi yoqilganda, atmosfera havosiga 500 gramm azot oksidi, 379 gramm uglevodorod, 3 kg kul, 20 kg is gazi va uglerod oksidi gazi tarqaladi.
Bu esa, eng avvalo organizmida sil va saraton kasalliklarining rivojlanishi, atrof-muhitning ifloslanishi, yer unumdorligining yo‘qolishi, tuproq strukturasining buzilishi, undagi mikroelementlarning yo‘q bo‘lib ketishi kabi ko‘plab salbiy oqibatlarga olib keladi.
Sharhlar