Joriy yilgi “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlari aniqlandi
“El-yurt umidi” jamg‘armasi Vasiylik kengashining joriy yil 14-oktabrdagi qaroriga asosan 2024-yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovida munosib qatnashgan va yuqori ball to‘plagan 411 nafar yosh “Jamg‘arma stipendiati” deb e’tirof etildi.
2024-yil 1-ochiq stipendiya tanlovi natijasiga ko‘ra, stipendiatlarning 95 foizi Buyuk Britaniya, AQSH, Italiya, Avstraliya, Germaniya, Fransiya, Kanada, Yaponiya, Janubiy Koreya va Xitoy kabi rivojlangan davlatlarning nufuzli universitetlarida ta’lim olish imkoniga ega bo‘ldi. Ular dunyoning eng nufuzli TOP-300 talik universitetlari va ilmiy markazlarida ta’lim oladi. Ulardan namunaviy axloq-odob va o‘qishni faqat a’lo baholarda yakunlash talab etiladi.
Qayd etish lozimki, 60 foizga yaqin yoshlar STEM (ilm-fan, texnologiya, injenerlik, matematika), IT (axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt), muhandislik va ishlab chiqarish, meditsina va farmatsevtika, arxitektura va dizayn kabi yo‘nalishlarda ta’lim olishni rejalashtirmoqda. Stipendiatlar ikki hafta muddatda tegishli hujjatlarni Jamg‘armaga to‘liq va belgilangan talablar doirasida topshirishi kerak.
Stipendiya tanlovi g‘oliblari bilan quyidagi HAVOLA orqali tanishishingiz mumkin.
Sharhlar