Joriy yili Sirdayoda sodir etilgan korrupsiya holatlarining 11 tasi hokimlikka aloqador

Foto:SVIIB

Sirdaryo viloyatida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati ko‘rib chiqildi.

Viloyatda 2023-yilda jami 324 ta, 2024-yilning 8 oyida esa 216 ta korrupsiyaviy jinoyatlar sodir etilgan bo‘lib, mahalliy hokimliklar mansabdor shaxslari tomonidan sodir etilayotgan korrupsiya holatlariga alohida e’tibor qaratildi.

Xususan, 2023-yilda sodir etilgan korrupsiyaviy jinoyatlarning 21 tasi (3 nafar hokim, 1 nafar hokim o‘rinbosari va 17 nafar hokimlik xodimlari), joriy yilda sodir etilgan korrupsiyaviy jinoyatlarning esa 11 tasi mahalliy hokimliklar (2 nafar hokim, 3 nafar hokim o‘rinbosari, 2 nafar hokimlik xodimlari, 3 nafar obodonlashtirish, 1 nafar yagona buyurtmachi xizmati injinering kompaniyasi) mas’ul mansabdor shaxslari hisobiga to‘g‘ri kelganligi qayd etildi.

Shuningdek, viloyat va tuman-shahar hokimliklari ayrim mansabdor shaxslarining tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotganligi masalasi ham tanqidiy muhokama qilindi.

Yig‘ilishda bu borada qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etish, qonunbuzilishlariga yo‘l qo‘ygan mas’ullarning javobgarligi masalasini ko‘rib chiqish lozimligi qayd etildi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.