Joriy yilning olti oyida 74 420 nafar xotin-qizga 1 trln. 230 mlrd. so‘m kreditlar ajratildi

Foto: Gender madad

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Saodat Boymirzayeva Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlili yuzasidan ma’lumot berdi:

  • “Oqila ayollar harakati” a’zolari, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi, tegishli mutaxassislar hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda 120 688 ta oilalar o‘rganildi. Ulardan 59 345 tasida nizolar bartaraf etildi.
  • Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat” shiori ostida oilalar farovonligi va barqarorligini ta’minlash, oilalarni mustahkamlash, mas’uliyatli ota-onalik g‘oyasini singdirish, nizoli oilalardagi muhitni sog‘lomlashtirish maqsadida mahallalarda manzilli ishlar tashkil etilmoqda.
  • 36 618 ta oila yarashtirildi, 12 347 ta aliment, 2 665 ta uyga kiritish, 4 953 ta mol-mulk bilan bog‘liq nizolar hal etildi.
  • 2 ming nafar jarrohlik operatsiyasiga muhtoj xotin-qizlarni sog‘lom hayotga qaytarish uchun Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi tomonidan mablag‘ ajratish bo‘yicha Qo‘mita tomonidan yillik reja tasdiqlanib, aprel-iyun oylarida 735 nafar ehtiyojmand xotin-qizlar va bolalarning jarrohlik operatsiyasi va davolanishi uchun 10 mlrd. so‘mga yaqin mablag‘ ajratildi.
  • Dasturga muvofiq, joylarda xotin-qizlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotlarni sotishga ko‘maklashish borasida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda onlayn marketing hamda onlayn savdo faoliyati bilan shug‘ullanish borasidagi ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan o‘quv kurslari tashkil etildi.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.