JSST: 85 detsibeldan yuqori shovqin xavfli kasalliklarga olib kelishi mumkin

Foto: ochiq manba

Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan shovqinning inson salomatligiga ta’siri bo’yicha olib borilgan tadqiqot natijalari Buyuk Britaniyaning “The Lancet” xalqaro ilmiy jurnalida chop etildi.

Tadqiqotda aytilishicha, 85 deysibeldan yuqori bo’lgan va 8 soatdan ortiq davom etgan shovqin yurak-qon tomir va ovqat hazm qilish tizimlariga zarar yetkazishi mumkin. Shuningdek, ushbu shovqin bosh miy va eshitish organlari o’rtasidagi aloqani izdan chiqarib, eshitish qobiliyatining yo’qolishiga, quloqda shovqin paydo bo’lishiga va boshqa patologiyalarga olib kelishi ehtimoli ham yuqori.

JSST tahlillariga ko’ra, hozirgi kunda Yevropada katta yoshli har yetti kishidan biri tinnitusdan (quloqda shovqin) aziyat chekmoqda.

Shu bilan birga, baland shovqin uyqusizlik, stress, asab tizimi kasalliklari va immunitetning zaiflashishiga sabab bo’lishi mumkin. Bu esa o’z navbatida surunkali kasalliklarning rivojlanish xavfini oshiradi.

Tadqiqotlar ko’rsatadiki, shovqinning inson salomatligiga ta’sirini kamaytirish uchun zarur choralar ko’rish muhimdir.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.