JSST: Dunyo qariyapti

Foto: SSV

JSST tahliliy ma’lumotlariga ko’ra,  2050-yilgacha Yer yuzida 60 yosh va undan kattalar soni ikki barobar oshadi.

Unda qayd etilishicha, dunyoda odamlarning o‘rtacha umr ko‘rish ko‘rsatkichi yil sayin oshib bormoqda. Xususan, 2030- yilga kelib, 60 va undan katta yoshli odamlar Yer yuzi aholisining oltidan bir qismini tashkil qilishi kutilyapti. Masalan, 2020-yilda ular soni 1 milliard nafardan iborat edi. 2030-yilda bu ko‘rsatkich 1,4 milliard kishiga yetishi prognoz qilingan.

2050-yilgacha esa 60 va undan katta yoshdagi aholi miqdori ikki baravar ko‘payadi, ya’ni 2,1 milliard kishiga ko‘tariladi. O‘z navbatida, 2050-yilgacha 80 yosh va undan kattalar soni uch baravar oshib, 426 million nafarga yetadi.

Ekspertlar xulosasiga ko‘ra, ushbu tahlillar jahon bo‘yicha aholi tarkibida keksalar ulushi oshib borayotganini tasdiqlaydi. Mazkur jarayon, ayniqsa, taraqqiy etgan mamlakatlarda tezlashgan.

Masalan, Yaponiyada 60 yoshdan oshgan odamlar allaqachon aholining 30 foizini tashkil qilmoqda.

Past yoki o‘rta daromadli mamlakatlarda ham 2050-yilgacha 60 yoshdan kattalar aholining uchdan ikki qismiga yetishi taxmin qilinmoqda. Bu ko‘rsatkichlar kelgusida sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot tizimlarini ushbu demografik o‘zgarishlarga tayyorlash vazifasini kun tartibiga qo‘yadi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.