Kabinaga berkitilgan giyohvandlik vositalari fosh bo‘ldi
Giyohvandlik vositalarining kontrabandasini olodini olish va unga chek qo‘yish maqsadida bojxona organlari tomonidan diomiy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda viloyat Bojxona boshqarmasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Xabarga ko‘ra, “2024 yil 3 iyul kuni soat 22:40 larda Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi va DXX Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari hamda Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan o‘zaro hamkorlikda, “Ayritom” chegara bojxona postining “kirish” avtopoviloniga kirib kelgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi boshqaruvidagi yuk avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi”, – deyiladi.
Natijada, avtotransport vositasi kabinasidagi xufiya joyga berkitilgan 7 ta sariq rangli skoch bilan o‘ralgan o‘ramlar borligi ma’lum bo‘ldi. Shundan so‘ng, ushbu o‘ramlar ochilib, maxsus elektron tarozida o‘lchab ko‘rilganda 3 ta o‘ramda jami og‘irligi 3 kg. bo‘lgan “opiy” va 4 ta o‘ramda og‘irligi 4 kg. 950 gr. bo‘lgan “gashish” giyohvandlik vositalari borligi aniqlangan.
Xozirda, ushbu xolat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Sharhlar