Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib bermoqchi bo’lgan muhandis va soxta kadastr xodimi ushlandi
Denov tumanida Kadastrlar palatasi Denov tumani filiali muhandisi O‘.N. fuqaro A.Ning ishonchiga kirib, uning akasiga tegishli uy-joyning kadastr hujjatlarini 2 000 AQSH dollari evaziga rasmiylashtirib berishini aytib, 1 800 AQSH dollari va 2,5 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, Surxondaryo viloyatida o‘zini go‘yoki Qumqo‘rg‘on tumani kadastr bo‘limi xodimi sifatida tanishtirgan fuqaro F.B. fuqaro X.P.ning ishonchiga kirib, uning Qumqo‘rg‘on tumani “Mexrabod” mahallasida joylashgan uy-joying kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishi evaziga 11 mln so‘mni olgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Sharhlar