Andijondagi maktabda 9-sinf o‘quvchisi o‘z maktabdoshini kaltakladi
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijondagi maktablardan birida ikki o‘quvchi mushtlashayotgani aks etgan video tarqaldi. Ushbu holat Bolalar ombudsmani tomonidan o‘rganilmoqda.
Aniqlanishicha, Andijon viloyati Asaka tumanidagi 34-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchilari A.X. va M.R. (2009-yilda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar) o‘rtasida o‘zaro janjal kelib chiqib, A.X. M.R. ni urib, tan jarohati yetkazgan.
Hozirda holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
Vaziyat yuzasidan Bolalar ombudsmani o‘z kuzatuvini davom ettiradi. Bu borada qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Ulashish:
Sharhlar