Kamala Xarrisni qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortgan nashrlar yuz minglab o‘quvchilarini yo’qotmoqda
Washington Post gazetasi Kamala Xarrisni qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortgani uchun yuz minglab o‘quvchilardan ayrilayotganini xabar qilmoqda BBC. Nashr egasi Jeff Bezos esa bunga nisbatan tarafkashlikka qarshi kurashayotgani vaj qilib ko’rsatmoqda.
O’tgan juma kuni WP endi AQSh prezidentligiga nomzodlarni qo’llab-quvvatlamasligini e’lon qildi. Nashr 1970-yillardan buyon an’anaviy tarzda demokrat nomzodlarni qo‘llab-quvvatlab keladi.
WP tahririyatidagi manbalarga ko’ra, nashr Kamala Xarrisni qo’llab-quvvatlovchi material tayyorlagan, ammo u nashr etilmagan. Bezosning qarori yangiliklar bo’limi va 50 yildan buyon sodiq obuna bo’lib kelganlarni ham noroziligiga sabab bo’lgan.
Gazetaning egasi Jeff Bezos o‘z pozitsiyasini tushuntirib bergan rukni chop etdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, u odamlarning an’anaviy ommaviy axborot vositalariga ishonchini yo‘qotishi va ijtimoiy tarmoqlardagi yangiliklarni iste’mol qilish tendensiyasidan xavotirda ekanligi bois shunday qarorga kelgan.
“Ko‘pchilik ommaviy axborot vositalarini xolis deb hisoblaydi. Buni ko‘rmaganlar voqelikka unchalik e’tibor bermaydilar, reallik bilan kurashayotganlar esa yutqazadi”, — deb yozadi dunyodagi eng boy odamlardan biri Bezos.
Sharhlar