Samarqandda “KAMAZ” ikki nafar yosh bolani urib ketib, ularning o‘limiga sabab bo‘ldi
Samarqand viloyatida 25 yoshli “KAMAZ-53212” rusumli yuk avtomashinasi haydovchisi piyodalar o‘tish yo‘lakchasidan o‘tayotgan ayol va uning 2 nafar voyaga yetmagan farzandlarini urib yuborib yo‘l-transport hodisasini sodir qilgan. Bu haqda Samarqand viloyati IIB Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Hodisa 2024-yil 4-iyun kuni soat 16:30 larda Nurobod tumani “Mehnatkash” mahallasi hududidan o‘tuvchi “Samarqand-G‘o‘zor” A-378 avtomobil yo‘lining 35-kilometrida yuz bergan.
Natijada 2 nafar voyaga yetmaganlar olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan. Ularning onasi Samarqand tumani markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan shu kuni Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O’zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, haydovchi jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, himoya huquqi bilan ta’minlanib, O’zbekiston Respublikasi JPKning 227-moddasi tartibida ushlangan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Sharhlar