Kamonchilarning Olimpiya oʻyinlaridagi ishtiroki tugadi
Olimpiya oʻyinlarida kamondan otish sportida debyut qilgan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari uchun musobaqa nihoyasiga yetdi. 2-avgust kuni aralash juftlik dasturining 1/8 finalida ishtirok etgan Amirxon Sodiqov hamda Ziyodaxon Abdusattorova juftligi Bredi Ellison va Kezey Kauxold (AQSh) tandemiga 0:6 hisobida imkoniyatni boy berdi va oʻz ishtirokini tugatdi.
Avvalroq, Alisher Yusupov to’g’ridan-to’g’ri bronza medali uchun kurashishi haqida xabar bergan edik.
Ulashish:
Sharhlar