Sirdaryo viloyatida Nexia kanalga tushib ketdi, besh kishi halok bo‘ldi (video)

Фото: Кадр из видео

Sirdaryo viloyatining Shirin shahrida Nexia 2 avtomobili Janubiy Mirzacho‘l kanaliga tushib ketdi. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Hodisa 17-iyun kuni soat 13:00 larda, Shirin shahar “M.Ulug‘bek” mahallasini “Nurobod” mahallasi bilan bog‘lab turuvchi Janubiy Mirzacho‘l kanalidan o‘tgan transport vositalari o‘tishi uchun mo‘ljallangan ko‘prik ustida yuz bergan. Haydovchi boshqaruvni yo‘qotib yo‘nalishiga nisbatan chap tomondagi ko‘prik to‘sinlariga urilib, kanalga tushib ketgan. Natijada avtomashinada bo‘lgan haydovchi va 4 nafar yo‘lovchilar hodisa joyida cho‘kib ketishgan.

Sirdaryo viloyati Favqulodda qutqaruv guruhi g‘avvoslari tomonidan olib borilgan tezkor qutqaruv ishlari davomida Janubiy Mirzacho‘l kanalidan haydovchi va 3 nafar yo‘lovchilarning jasadlari hamda Nexia 2 rusumli avtomashina topilib, suvdan olib chiqilgan. Hozirda Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruv guruhi g‘avvoslari tomonidan avtomashinada bo‘lgan 1 nafar yo‘lovchini qidirib topish choralari ko‘rilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.