Toshkent viloyatida kanalga tushib ketgan Spark chiqarib olindi (video)

Foto: FVV

Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari tomonidan kanalga tushib ketgan avtomashina chiqarib olindi, deb xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati. Hodisa oqibatida vafot etgan va tan jarohati olganlar yo‘q.

22-sentabr kuni soat 20:40 atrofida Spark rusumli avtomashina harakatlanib ketayotgan vaqtda haydovchining ehtiyotsizligi oqibatida Toshkent viloyati, Chirchiq shahar, “M.Ulug‘bek” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Zax kanaliga tushib ketganligi bo‘yicha FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, Chirchiq shahar FV bo‘limi qutqaruvchilari zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, hamkorlikdagi xizmatlar bilan maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida avtomobil kanaldan chiqarib olindi. Avtomobilda haydovchining o‘zi bo‘lgan. Haydovchi avtomobil suvga tushgan vaqtda o‘z harakatlari bilan quruqlikka chiqib olgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.