“KAPITAL SUG‘URTA” litsenziyasi olib qo‘yildi
“KAPITAL SUG‘URTA” AJning moliyaviy hisobotlarini o‘rganish natijalariga ko‘ra qonunchilik hujjatlarida belgilangan me’yorlarga rioya qilinmaganlik faktlari aniqlanib, natijada 162,0 mln so‘m miqdorida jarima solindi. Bu haqda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi matbuot xizmati xabar beryapti.
“Bundan tashqari, Istiqbolli loyihalar milliy agentligining tegishli qaroriga asosan “KAPITAL SUG‘URTA” AJga sug‘urta faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha berilgan 2022-yil 22-noyabrdagi 049696-sonli litsenziya 2024-yil 11-yanvar sanasidan boshlab 10 kun muddatga to‘xtatildi”, – deyiladi xabarda.
“KAPITAL SUG‘URTA” AJ litsenziyasining amal qilishini to‘xtatib turish muddati davrida yangi sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalarini tuzish, amaldagi sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalarini uzaytirish taqiqlanadi. Ilgari tuzilgan sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalari bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni belgilangan tartibda bajarishi shart.
Sharhlar