Karam eksporti 2 barobarga oshgan. Meva-sabzavotlar eksporti statistikasi
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, shu jumladan, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish orqali ishlab chiqaruvchi (fermer xo‘jaligi) uchun qo‘shimcha barqaror daromad manbai yaratiladi. Mahsulotni qayta ishlash orqali unga qo‘shimcha qiymat qo‘shiladi, ya’ni mahsulotning qiymati ortib boradi.
Mahsulotni qayta ishlash darajasi turlicha, ya’ni dastlabki qayta ishlash yoki chuqur qayta ishlash bo‘lishi mumkin. Dastlabki qayta ishlashga quritish kabi oddiy amaliyotlar kirsa, chuqur qayta ishlash mahsulotga bir necha bosqichlarda ishlov berish, ya’ni konservatsiya qilish, sharbat olish, qadoqlash kabi amaliyotlarni o‘z ichiga oladi.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonning 2024 yil yanvar-may oylarida meva-sabzavot mahsulotlari eksporti hajmi:
— Olxo‘ri (quritilgan) – 9,3 ming tonna
— Uzum – 5,6 ming tonna
— Uzum (quritilgan) – 14,4 ming tonna
— Pomidor – 20,9 ming tonna
— Karam – 158,8 ming tonna
— Piyoz – 212,7 ming tonna
— Mosh – 34,7 ming tonna
— Sabzi – 81,2 ming tonna
— Tariq – 8,5 ming tonna
— Bodring – 3,9 ming tonna
— Yeryong‘oq – 4,4 ming tonna
— Qalampir – 3,2 ming tonna
Sharhlar