Kartasidan pul yechib olingani haqidagi xabar yolg‘on bo‘lib chiqdi

Foto: Getty Images

Farg‘ona viloyati, Qo‘shtepa tumanida yashovchi 28 yoshli T.M. IIOga murojaat qilib, o‘ziga tegishli bo‘lgan bank kartasidan noma’lum sabablarga ko‘ra 4.616.000 so‘m pul mablag‘lari yechib olinganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, T.M.ning pul mablag‘lari oylik avtokredit to‘lovini vaqtida amalga oshirmaganligi sababli o‘zining nomiga rasmiylashtirilgan bank kartasidan 4.616.000 miqdoridagi pullar bank tomonidan yechib olinganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JPKning 83-moddasi 1-bandiga asosan tugatilgan.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.