Kasal jiyanining nomiga akkaunt ochib xalqdan yordam puli so’ragan ayol qo’lga tushdi

Foto: Kiberxavfsizlik

Qashqadaryo viloyatida yashovchi U.U. ariza bilan murojaat qilib, noma’lum shaxs uning qizining fotosuratini ijtimoiy tarmoqlarga joylaganini va unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Xorazm viloyatida yashovchi M.Sh. sodir etganligi aniqlangan.

Gumonlanuvchi M.Sh., jabrlanuvchi U.U.ning (qiz) jiyani nomidan akkaunt ochib, uning fotosurati va video tasvirlarini hamda o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank kartalarini uning nomidan ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarga joylagan va go‘yoki Hindiston davlatiga olib borish uchun puli yetmaganligi sababli xalqdan yordam puli so‘rab, aldash yo‘li orqali fuqarolarning xayriya tariqasida o‘tkazgan pullarini o‘zlashtirib kelganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan M.Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.