“G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postida katta miqdordagi zargarlik buyumlari to‘xtatib qolindi

“G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postida qiymati 380 mln. so‘mlik zargarlik buyumlarini yashirincha olib o‘tishga uringan shaxs to‘xtatib qolindi. Bu haqda Toshkent viloyati Bojxona boshqarmasi matbuot xizmati yozmoqda.

Yurtimizga o‘tish uchun “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postiga piyoda holda kirib kelgan fuqaro harakatlari bojxona xodimlarining diqqatini tortdi va  shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

“Shaxsiy ko‘rik natijasida fuqaroning oyog‘i va ichki kiyimlariga skotch bilan o‘rab yashirilgan umumiy og‘irligi 450 gramm zargarlik buyumlarini fosh etildi”, – deyiladi xabarda.

Dastlabki hisob kitoblarga  zargarlik buyumlarining qiymati 380 mln so‘mni tashkil qilmoqda.

Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Amaldagi tartiblarga muvofiq, jismoniy shaxslar bojxona chegarasi orqali bojxona to‘lovlarisiz, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatgan holda umumiy og‘irligi 65 grammdan ko‘p bo‘lmagan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlarini olib kirishlari mumkin.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.