Kattaqo‘rg‘onda yashirin sex 3,4 mlrd so‘mlik tabiiy gazni o‘g‘irladi

Foto: departament

Kattaqo‘rg‘on tumanida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “O.A.” MCHJ rahbari U.O. tumandagi “Enam yaxshi” qishlog‘idagi noturar binoda ohak ishlab chiqaruvchi yashirin sex tashkil etganligi aniqlandi.

U.O. tijorat maqsadida yuqori bosimli gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 2 mln. 200 ming kub. metr tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan va davlat va jamiyat manfaatlariga 3,4 mlrd so‘m zarar yetkazgan.

Ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.