Tel-Aviv—Samarqand—Toshkent yo‘nalishidagi aviaqatnov majburiy kechiktirildi
Uzbekistan Airways 1-oktabr kuni HY304 Tel-Aviv—Samarqand—Toshkent yo‘nalishidagi aviaqatnov majburiy kechiktirilganini ma’lum qildi.
“Yaqin Sharq hududida vaziyatning keskinlashuvi va Yaqin Sharq havo hududining bir qismining yopilishi, shuningdek, parvozlar xavfsizligini ta’minlash zaruratini inobatga olgan holda, faqat 2024-yil 1-oktabr kuni HY304 Tel-Aviv — Samarqand — Toshkent yo‘nalishidagi aviaqatnov majburiy kechiktirildi”, — deyiladi xabarda.
— Samarqandga yetib kelish taxminiy vaqti mahalliy vaqt bilan soat 4:40 (2-oktabr)
— Toshkentga yetib kelish taxminiy vaqti mahalliy vaqt bilan 6:35 (2-oktabr)
Ulashish:
Sharhlar