Shavkat Mirziyoyev bir guruh yoshlarni “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotladi

Шавкат Мирзиёев. Фото: manbaofficial

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Yoshlar kuni munosabati bilan yurtimizning faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

“Mamlakatimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning davlat va jamiyat hayotidagi faolligini oshirish maqsadida o‘zining yuksak azmu shijoati, bilim va salohiyati, iste’dod va qobiliyatini namoyon etib, turli sohalarda erishgan yutuqlari bilan Yangi O’zbekiston taraqqiyotiga, uning shon-shuhratini jahon miqyosida yanada yuksaltirishga munosib hissa qo‘shayotgan, el-yurtimizga mehr va sadoqati, namunali xulqi va odobi hamda vatanparvarlik fazilatlari bilan tengdoshlariga har tomonlama o‘rnak bo‘lib kelayotgan quyidagi tashabbuskor va yetakchi yoshlarimiz «Kelajak bunyodkori» medali bilan mukofotlansin”, deyiladi hujjat matnida.

Kuanishbayeva Gulayim Maxambetali qizi – Qoraqalpoq davlat universitetining 2-bosqich talabasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Srajatdinov Amanbay Konisbay uli – Nukus shahridagi «Real Innovatsiya NKS» nodavlat ta’lim muassasasi rahbari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Turdaliyev Sardorbek Sherali o‘g‘li – Baliqchi tumanidagi «Academy IT Star» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Andijon viloyati

Xaytaxmatova Dilnavoz Alijon qizi – Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2-bosqich talabasi, Andijon viloyati

Obloqulova Dilafruz Shuhrat qizi – Buxoro viloyati madaniyat boshqarmasining raqamlashtirish va matbuot xizmati bo‘yicha bosh mutaxassisi

Ostonov Og‘abek O’lmas o‘g‘li – Jondor tumanidagi «Sharif Nafosat» mas’uliyati cheklangan jamiyati ish yurituvchisi, Buxoro viloyati

Sattorov Elbek Xoliqul o‘g‘li – Baxmal tumanidagi «Azzam Elbekovich» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Jizzax viloyati

Hoshimova Shaxlo Ulug‘bek qizi – Jizzax politexnika institutining qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash kafedrasi assistenti, Jizzax viloyati

Pardayev Ulmasjon Dovurpulat o‘g‘li – Muborak tumani «Bo‘ston» mahalla fuqarolar yig‘inidagi yoshlar yetakchisi, Qashqadaryo viloyati

Xo‘jayeva Roxilabonu Saidusmon qizi – «Uzbekistan GTL» mas’uliyati cheklangan jamiyatining markaziy laboratoriyasi laboranti, Qashqadaryo viloyati

Bafoyev Sherzod Ixtiyor o‘g‘li – Konimex tumanidagi «Boymurod» oilaviy shifokorlik punkti shifokori, Navoiy viloyati

Saidova Sevinch Asatillo qizi – «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining «Navoiy mashinasozlik zavodi» ishlab chiqarish birlashmasi kran mashinisti, Navoiy viloyati

Nabixonova Masturaxon Ibrohimxon qizi – O’zbekiston yoshlar ittifoqining Namangan davlat pedagogika institutidagi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi, Namangan viloyati

Xusanov Muxammadali Alisher o‘g‘li – Uychi tumanidagi «Sanlitun» mas’uliyati cheklangan jamiyati ish boshqaruvchisi, Namangan viloyati

Anorov Bohodir Qobiljon o‘g‘li  – Payariq tumanidagi 84-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi, Samarqand viloyati

Shodiyeva Madina Nuraliyevna – Samarqand shahridagi Registon ansamblini ta’mirlash va undan foydalanish direksiyasi gid-ekskursovodi, Samarqand viloyati

Ortiqboyeva Hilola G’ulomjon qizi – Kurash bo‘yicha O’zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi, Sirdaryo viloyati

Turdiqulov Islom Hayitboy o‘g‘li – Toshkent kimyo-texnologiya institutining Yangiyer filiali kimyo-texnologiyalar kafedrasi dotsenti, Sirdaryo viloyati

Ashurova Maftuna Ortiq qizi – Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining raqamli iqtisodiyot kafedrasi o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati

Xudoyberdiyev Shahzod Farxodovich – Sho‘rchi tumani yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i, Surxondaryo viloyati

G’ofurova Dinora Alisher qizi – «O’zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining «O’zbekiston» lokomotiv deposi «Afrosiyob» yuqori tezyurar elektropoyezdi mashinisti yordamchisi, Toshkent viloyati

Raxmatullayev Farxodjon Rustamjon o‘g‘li – Quyi Chirchiq tumanidagi «Sofia Ticaret» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent viloyati

Xasanov Xayitboy Xisenjonovich – So‘x tumani «Sarikanda» mahalla fuqarolar yig‘inidagi yoshlar yetakchisi, Farg‘ona viloyati

Xoliqova Gulira’no Yulchiboy qizi – Rishton tumanidagi «Xoliqov Yo‘lchiboy» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Farg‘ona viloyati

Ollaberganova Muyassarxon Davlatboy qizi – Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filiali 1-bosqich magistranti, Xorazm viloyati

Yuldoshev Usmonbek Umarbek o‘g‘li – Urganch shahridagi «Glass Pro» mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori, Xorazm viloyati

Ne’matov Miraziz Mirali o‘g‘li – Mirzo Ulug‘bek tumanidagi «Tanlanganlar» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent shahri

Xushvaqtova Mo‘tabar Safar qizi – Ijtimoiy tarmoqlardagi «Urikguli» ekologik blogi asoschisi, Toshkent shahri

Zaripova Barno Ikrom qizi – Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning kimyo fani o‘qituvchisi

Ismatov Mirshoxid Rivojiddin o‘g‘li – O’zbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi «Loyihalar boshqaruvi markazi» nodavlat notijorat tashkiloti videomontajchisi

Mullodjanova Munisa Axmadjonovna – O’zbekiston volontyorlar assotsiatsiyasi loyiha menejeri

Nabijonov Baxodirbek Sodiqjon o‘g‘li – Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining qon tomir xirurgiyasi va buyrak transplantatsiyasi bo‘limi jarrohi

Tulanova Sevaraxon Baxodirjon qizi – Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti uslubchisi

Eshonqulov Muhammadali Olimjon o‘g‘li – «Yuksalish» nodavlat ta’lim muassasalari ta’sischisi

Yusupova Aysanem Azatovna – O’zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi a’zosi, kinoaktyor

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.