Kelgusi hafta Janubiy Korea Prezidenti O‘zbekistonga tashrif buyuradi
Janubiy Korea Prezidenti Yun Suk Yeol kelasi hafta Turkmaniston, Qozog‘iston va O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan boradi, deb xabar bermoqda “Yonhap” Prezident idorasiga tayanib.
Milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchi bosh oʻrinbosari Kim Tae Xyoninning ta’kidlashicha, Prezident Yun dushanba kuni birinchi xonim Kim Keon Xi hamrohligida olti kunlik safarga chiqadi va 15-iyungacha Markaziy Osiyoning uchta davlatiga tashrif buyuradi.
“Qadimgi Ipak yoʻlining markazi boʻlgan Markaziy Osiyo Yevropa va Osiyoni bogʻlovchi strategik nuqtadir, Ukrainadagi urush va Yaqin Sharqdagi mojaro kabi omillar ta’sirida global polikqiroz kengaygani sari strategik ahamiyat yanada ortib bormoqda”, — dedi Kim matbuot anjumanida.
Sharhlar