Kelin qaynonasini kaltaklagani aytilmoqda

Foto: OCHIQ MANBALAR

Ijtimoiy tarmoqlarda 10-noyabr kuni kechasi soat 19:00 Jizzax viloyati Baxmal tumanida Nurobot mahallasi Bunyodkor ko‘chasi 146-uyda yashovchi Lola O‘tayeva  deb aytilayotgan fuqaro O‘g‘loy Suvonova deb ta’kidlanayotgan qaynonasini ayovsiz kaltaklab, qochib ketgani haqidagi videolar tarqalmoqda.

Shundan so’ng Baxmal tumani O‘smat shaharchasidagi shifoxonaga og‘ir ahvolda yotqizilgan. O‘g‘loy Suvonova  tomonidan kelinlik uyidan 20 million so‘mlik naqd pullarni olib chiqib ketilganligi va qilmishlarini tan olmayotganligi ta’kidlanmoqda. Holat yuzasidan rasmiy mu’nosabat bildirilgani yo’q.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.