Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron Toshkentga keldi
Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron Toshkentga keldi, deb xabar bermoqda O‘zA.
Ayni paytda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida martabali mehmonning mamlakatimiz tashqi siyosat idorasi rahbari Baxtiyor Saidov bilan muzokarasi boshlandi.
Uchrashuvda mintaqaviy xavfsizlik, taʼlim, iqlim oʻzgarishi, ikki tomonlama savdo hamda biznes aloqalarini rivojlantirish masalalari muhokama etilmoqda.
Ulashish:
Sharhlar