Qoraqalpog‘iston xalq artisti Kengesboy Serjanov 66 yoshida vafot etdi
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist hamda Qoraqalpog‘iston xalq artisti Kengesboy Serjanov 66 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar bermoqda.
Kengesboy Serjanov faoliyati davomida O‘zbekiston davlat konservatoriyasida, Respublika estrada-sirk kollejida yoshlarga ustozlik qildi. Alisher Navoiy nomidagi katta akademik opera va balet teatrida opera xonandasi sifatida sermahsul ijod qilib, ko‘plab bosh rollarni ijro etdi.
Kengesboy Serjanov keng diapazonli, sahroyi ovoz egasi bo‘lish bilan birga ko‘plab xalqaro tanlovlar g‘olibi bo‘ldi. Respublikamizga taniqli opera xonandalarini yetishtirishda, mamlakatimizda opera san’atini rivojlantirishda salmoqli hissa qo‘shdi, deyiladi xabarda.
Sharhlar